avatar
Куч
22.98
Рейтинг
+11.18

Мақолалар

"Axsikent yoshlari" ma'naviyat-targ'ibot maydonida

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Andijon qishloq xo'jalik institutining bir guruh faol va iqtidorli talabalaridan iborat «Axsikent yoshlari» ma'anaviyat targ'ibot-tashviqot guruhi tashkil etildi.
«Kamolot» YIH boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan institut «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi bilan hamkorlikda dastlabki o'quv seminarlari o'tkazildi.
Mashg'ulotlarni markaz rahbari M.Botirov va boshlang'ich tashkilot yetakchisi O.Abdullayevlar olib bordi.
O'quv-seminar qizg'in bahs-munozaralarga boy tarzda o'tib, ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi.

Gavharoy USMONXO'JAYEVA
AndQXI «Kamolot» YIH
BT «Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar» yo'nalishi sardori







 

“Og‘alar” – finalga yo‘llanma oldi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Andijonda chinakam do‘stlik bayramiga aylangan “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining navbatdagi yarim final bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Talaba-yoshlarning sevimli maskanlaridan biri A.Cho‘lpon nomi bilan yuritiluvchi kinoteatrda tashkil etilgan tadbirda Namangan va Andijon yoshlari final bosqichi yo‘llanmasi uchun bahs yuritdilar.
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Madaniyat va sport ishlari vazirligi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi qo‘shma qaroriga muvofiq o‘tkazilgan tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyati va o‘z iste’dodlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratishda ham ahamiyatlidir.

Yuksak ma’naviyatga intilib

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Vijdoni uyg‘oq odam yon-atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga, yordam va ko‘makka muhtoj insonlar muammolariga hech qachon befarq qaray olmaydi. Bayram nafasi hukmron fayzli kunlarda, Andijon qishloq xo‘jalik institutining 25 nafar “Kamolot” faollari Andijon viloyati “Bo‘taqora” muruvvat uyida bo‘ldilar.
Tengdoshlarimiz tomonidan tayyorlangan bayram dasturi muruvvat uyida yashovchi 300dan ziyod yurtdoshlarimiz qalbini to‘lqinlantirdi. Ko‘tarinki kayfiyat tarannum etilgan tantanada dildan madaniy hordiq chiqarildi. Sho‘x kuy-qo‘shiqlar go‘zal raqslarga, parodiya va hazil mutoyibalar samimiy kulgularga ulanib, davraga yanada fayz bag‘ishladi.

Sahovat – yuksak axloqiy fazilat

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi nishonlanayotgan ushbu shukuhli kunlarda Andijon qishloq xo‘jalik institutining bir guruh ustoz-murabbiylari, shuningdek iqtidorli yoshlardan tarkib topgan “Kamolot” faollari Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan Chuama “Muruvvat” nogironlar uchun ayollar internat uyida bo‘ldilar.
Muruvvat uyida hozirgi kunda 306 nafar o‘zgalar qaroviga muhtoj xotin-qizlar istiqomat qilishadi. Ularga 150dan ziyod xodimlar tibbiy-ijtimoiy, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Istiqlol farzandlari – istiqbolga intilib yashaydi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Andijon qishloq xo‘jalik institutiga 2015-2016 – o‘quv yilidan bakalavr bosqichida ta’lim olish istagini bildirgan 15 mingdan ziyod abituriyentlar orasidan adolat mezoni hisoblanmish davlat test sinovlari asosida saralanib olingan tengdoshlarimiz qalbida bugun cheksiz hayajon jo‘sh urmoqda. Ularning ko‘zlarida kelajakka ishonch, baxtiyorlar yurtida yashayotganiga shukronalik xissi ufirib turibdi.
O‘z oldiga ezgu maqsadlar qo‘yib intilayotgan yoshlar eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 24 yilligi, qolaversa an’anaviy “Bilimlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda jam bo‘lishdi. Bayramni institutimiz rektori Z.M.Jumaboyev kirish so‘zi bilan ochib, barchani Istiqlol tantanasi bilan tabriklab, yangi boshlanayotgan o‘quv yilida muvaffaqiyatlarimiz bundanda bisyor bo‘lishiga tilak birldirdi.

“Камолот” – бизга қанот!

"Камолот" ЁИҲ янгиликлари
Илм-фан


         “Камолот” ЁИҲ ташкил топган кунларда муҳтарам Президентимиз И.А.Каримов “Камолот – ёшларнинг тайанчи ва суянчи бўлсин”, дея тилан билдирган эди. Бугунги кунга келиб, бу ҳеч бир муболағасиз айни ҳақиқатга айланди. Бунинг ёрқин мисолини ўзимда кўрдим десам тўғри бўлади.

“Камолот” – бизга қанот!

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан


 “Камолот” ЁИҲ ташкил топган кунларда муҳтарам Президентимиз И.А.Каримов “Камолот – ёшларнинг тайанчи ва суянчи бўлсин”, дея тилан билдирган эди. Бугунги кунга келиб, бу ҳеч бир муболағасиз айни ҳақиқатга айланди. Бунинг ёрқин мисолини ўзимда кўрдим десам тўғри бўлади.


Ўсмирлигимдан журналистикага ҳавасим уйғонган. Ижодга иштиёқим бор, бироқ бу соҳада ҳавас ва иштиёқнинг ўзи камлик қилади. Вақт ўтиши билан тушунчаларим кенгайиб, соҳага масъулият билан қарашни ўрганяпман.

Таътилда ҳам тиниб-тинчимас камолотчилар

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан


Куни кеча, Андижон қишлоқ хўжалик институти “Камолот” ЙИҲ бошланғич ташкилоти фаолларидан таркиб топган бир гуруҳ иқтидорли талабалар болажонларимизнинг севимли масканларидан бирига айланиб улгурган Бўз туман “Қуёшча” болалалар дам олиш оромгоҳида бўлдилар.
 
Ташаббускор тенгдошларимиз ёзнинг жазирамасида ҳам ўз ташкилотчилик қобилиятларини фаол намоён этмоқдалар. Хабарингиз бор, олийгоҳимизнинг “Оғалар” ҚВЗ терма жамоаси яқиндагина пойтахтимизда ўтказилган анъанавий “Талабалар фестивали”да муносиб иштирок этиб биринчиликни қўлга киритган эди. Бундай эътирофдан руҳланган ёшлар ўз ижодлари юқори иштиёқ билан ёндашиб, машаққатли меҳнат билан(таъбир жоиз бўлса) ўз мухлисларига эга бўлиб бормоқдалар.
 

Водий марвариди

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан


                2015-йил 12-июл оқшоми Андижон шаҳри марказида жойлашган, бобомиз Заҳириддин Муҳаммад Бобур номи билан юритилувчи хиёбон ҳар галгидан кўра гавжум бўлди, боиси янги мухташам иншоот аҳоли учун фойдаланишга топширилди. Муҳтарам юртбошимизнинг Андижонга қилган сафари чоғида билдирган таклифлари асосида жуда қисқа фурсатл, яъни атиги 15 кунда қуриб битказилган мусиқий фаввора бетакрор қиёфа касб этмоқда.

Ёш журналистлар медиа-тренинги

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан


Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ туманида “Камолот” ЁИҲ Марказий кенгаши ва бир қатор ташкилотларнинг ҳамкорлигида “Ёш журналистлар медиа-тренинги” ташкил этилди. Мамлакатимизда амалга оширилаётган ёшларга оид давлат сиёсатининг мазмун-моҳияти ва ислоҳотлар самарасини халқимиз ўртасида кенг тарғиб қилиш, ёшларга таалуқли долзарб масалаларни таҳлилий ёритишга ихтисослашган кадрлар тайёрлашга хисса қўшиш, ёш журналистларнинг замонавий талаблар асосида касбий билим ва тажрибасини ошириш, ёшлар учун мўлжалланган медиа-лойиҳаларни амалга ошириш бўйича таклифлар ишлаб-чиқиш, журналистлар ўртасида соҳадаги илғор тажрибаларни оммалаштириш, ёшлар масалалари билан шуғулланувчи ташкилотлар билан журналистлар ўртасида ҳамкорликни мустаҳкамлаш ҳамда ёшлар сиёсатига оид мавзуларни сифатли ёритишга кўмаклашиш мақсадида ташкил этилган тадбирда республикамизнинг барча ҳудудларидан 150 нафардан ортиқ тенгдошларимиз иштирок этишди.

Asaka avtozavodi — istiqlol in’omi, g‘urur-iftixorimiz!

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан


1996-yil 19-iyul, isqiqlol solnomasida yangi sahifa ochildi. Mustaqil O‘zbekistonimiz tarixiga o‘zbek avtozavodi o‘z faoliyatini boshlanganligi zarhal harflar bilan bitildi. Oradan 19 yil o‘tib, ushbu zavod ikki milliondan ortiq avtomobil ishlab chiqarganligi va kundan-kunga eksport hajmi ortib borayotganligi bilan e’tirof etildi…
Mamlakat miqyosidagi dolzarb tashabbus
            1992-yil iyun oyida muhtaram prezidentimiz I.Karimov Janubiy Koreyaga qilgan safari chog‘ida Daewoo Motor korxonasiga tashrif buyurdi. Yurtboshimiz ishlab chiqarish tarmog‘i bilan tanishar ekan O‘zbekiston ham mana shunday bunyodkorlik ishlariga qodir ekanligi va ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi asosida “Uz-DEU” qo‘shma korxonasini tashkil etish taklifini kiritdi. Ilk muzokaralarda «DEU» korporatsiyasi vakillari faqat yig‘ish zavodi qurish fikrini ilgari surganida, yurtboshimiz bizga avtomobil ishlab chiqaradigan zavod kerak degan qat’iy va oqilona pozitsiyada turgani, pirovardida o‘z fikrini o‘tkaza olganligini ko‘pchilik yaxshi eslaydi. Bu tom ma’noda davlatimiz miqyosidagi dolzarb tashabbus bo‘lib, bugungi kundan 10000dan ziyod fuqarolarimiz ish bilan ta’minlanganligi va bir qator yangi ishlab chiqarish tarmoqlariga asos bo‘lib xizmat qilayotganligini bilan izohlanadi.
To‘g‘ri tanlov-rivojlanish omili
            Asaka avtomobil zavodi yangi ishga tushgan paytlarda ko‘pchilik bu muhim korxona nega aynan bu hududda qurilgani bilan qiziqqan edi. Sir emaski, Andijon mamlakatimizning aholi eng zich yashaydigan viloyatlaridan sanaladi. O‘zbekiston yer maydonining bir foizinigina egallagan holda, aholining 9 foizi istiqomat qilishi buning yaqqol dalilidir. Viloyatimizda yangi ish o‘rinlari yaratish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari har doim dolzarb masala hisoblangan.
            Avtomobilsozlik zavodini qurish uchun Asaka shahrini tanlashda bu yerdan temir yo‘l o‘tganligi, ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma yaxshi rivojlanganligi  e’tibordan chetda qolmadi. Mavjud traktorlar uchun pritseplar ishlab chiqaradigan korxona o‘rnida qurilish ishlari boshlandi. Eng muhimi, Buyuk ipak yo‘li, Qirg‘iziston, Xitoy, u yog‘i Koreyaga qadar yo‘l ham Asaka orqali o‘tadi. Prezidentimiz Vatanimizning har bir qarich yeri, tuprog‘i va imkoniyatlarini yaxshi bilgani tufayli avtomobil zavodini aynan Asakada barpo etish taklifini ilgari surdi va amalda bunga erishildi.
            O‘z navbatida bunday katta strategik obyekt bizning fayzli shahrimizda faoliyat yuritayotganligi qalbimizni cheksiz faxr-iftixorgan to‘ldiradi. Ishlab chiqarilayotgan “uchqur tulporlar”ning barpo bo‘lishida yaqinlarimizning xissasi borligi katta-kichik davralarda mamnuniyat bilan tilgan olinadi.
Mintaqada yetakchi
            Korxona ishga tushgandan buyon o‘tgan yillar ichida o‘zbek avtomobillari Rossiya, Qozog‘iston, Belorus, Ozarbayjon kabi davlatlar bozoriga dadil kirib bordi. Avtomobil zavodining xorijiy mamlakatlarda dilerlik markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ishlab chiqarilayotgan modellarning bir qator namunalari yuqorida nomi keltirilgan davlatlarning yuksak e’tiroflariga sazovor bo‘lib kelmoqda.
            Joriy yilning 23 aprel kuni Moskvada «2015 yil avtomobili»  an’anaviy milliy mukofotini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.  Ushbu tadbirda  “Matiz” 2015-yil avtomobili sifatida e'tirof etilishi bilan  yurtimiz avtomobilsozlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Rossiya avtobozorlarida  rasmiy sotilayotgan  403 ta avtomobil rusumlari orasida  aynan bizninf model ushu nomga sazovor bo‘ldi.
2015 yilda   avtomobillar savdosi hajmining tushishiga qaramay  «Yil avtomobili» tanlovi  uchun «Matiz»  avtomobiliga ovoz berishda  Rossiyaning 85 ta hududidan  938 904 nafar  inson ishtirok etdi.  Bu esa  Rossiya xalqining  iqtisodiy qiyin sharoitga qaramasdan avtomobillar dunyosiga xususan, o‘zbek avtomobillariga bo‘lgan qiziqishi anchagina kuchli ekanligidan darak beradi.
Birgina Matiz avtomobilining qo‘lga kiritgan bu g‘alabasi  yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar MDH davlatlari aholisi orasida  sifat va narx uyg‘unligi bo‘yicha  keng ommalashganining amaldagi tasdig‘idir.
Salohiyatli kadrlar– taraqqiyot tayanchi
            Asaka avtomobil zavodini yoshlar korxonasi, deb bemalol aytsa bo‘ladi. Ishchilarning aksariyati mahalliy yigit-qizlar, tengdoshlarimiz. Korxonaga Asaka avtomobilsozlik kasb-hunar kolleji va bir qancha kasb-hunar maskanlarida kichik mutaxassislar tayyorlanyapti. Andijon mashinasozlik instituti esa avtozavod uchun kadrlar tayyorlash bazasi hisoblanadi.
            Xodimlar malakasini oshirishga alohida e'tibor qaratiladi. Jumladan, xorijda malaka oshirish tizimi ham muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston avtomobilsozlik sohasida mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Toshkentda Turin politexnika universitetining filiali ochildi.
            Yuqorida keltirilgan ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlar avtozavodning kelajagi, istiqboldagi rejalarini amalga oshirishdagi asosiy tayanchi bo‘lib xizmat qilishi tayin.
Butlovchi qismlarni mahalliylashtirish
            Avtozavod bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan korxonalar ko‘p. Bu korxonalarda avtomobilsozlik uchun butlovchi qismlar tayyorlanmoqda. Avtomobilsozlikda yaratilgan bir yangi ish o‘rni boshqa turdosh sohalarda kamida yetti ish o‘rnini tashkil etish imkonini berishi mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan. Barcha texnologik jarayonlarni kompleks ravishda rivojlantirilishi yurtimizda mashinasozlik, metallurgiya, radioelektronika, neftni qayta ishlash, kimyo va to‘qimachilik sanoati sohasini taraqqiy ettirishga yordam bermoqda.
            Chetdan keltiriladigan ehtiyot qismlari soni yildan-yilga kamayib, valyutani o‘zimizda saqlab qolish imkoniyati oshib bormoqda. Tayyorlanayotgan mahsulotlar sifat jihatdan raqobatbardosh, narx tomonlama esa ancha tejamli ekanligi quvonarli hol, albatta. Bugungi kunga kelib, ishlab chiqarishning aksariyat qismini mahalliylashtirishga erishilgan. «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi bir qator tarmoqlar Asaka avtomobil zavodini butlovchi materiallar bilan ta’minlaydi. Masalan, «O‘zDongJu» qo‘shma korxonasida tayyorlangan turfa bo‘yoqlar avtomobillarning ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shmoqda. Bunday hamkor korxonalarning soni talaygina. Bunda, minglab tengdoshlarimiz muqim ish o‘rniga ega.
Korxona faoliyatidagi yangi sahifalar
            2008 yil mart oyida zavod negizida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi(75%) va AQShning «General Motors» korporatsiyasi(25%) ta’sischiligida yangi «GM Uzbekistan» qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Buning natijasida o‘zbek avtomobillari yanada zamonaviy va ko‘rkam avtomobil modellari hisobiga kengaya boshladi.
            Hozirgi davrda “Chevrolet” brendi asosida 9 modeldagi avtomobillar ishlab chiqarilishi muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan: «Damas», «Matiz», «Spark», «Nexia»,  «Cobalt», «Lacetti», «Captiva», «Malibu» va «Orlando». Ushbu brend haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsak foydali bo‘ladi, nazarimda.
            “Chevrolet” (Chevrolet Motor Division) “General Motors” konsernining yengil, pikaplar va jeep turkumidagi avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yetakchi bo’limidir. Avtomobilsozlik endi kurtak yoza boshlaganda avtomobillarning yangi modellari o’z yaratuvchilarining ismi bilan nomlanishi urf bo’lgan edi.  “Chevrolet” belgisi ham shunday paydo bo’gan edi. Shveytsariyalik Lui Jozef Shevrole (1878-1941) mashhur poygachi va mexanik bo’lgan. Biroq u hech qachon o’z nomi bilan ataluvchi firmaning egasi bo’lmagan. 
            Bir qancha omadsiz loyihalardan keyin kompaniya boshqaruvchilari muvaffaqqiyat kaliti avtomobilning koshonasifatligida emas, balki uning oddiyligi va arzonligida ekanligini angladilar va qimmat modellarni chiqarishdan to’xtab, 1916-yili ularning asosida firmaga ulkan mashhurlik olib kelgan “Chevrolet-490” yaratildi. Ushbu arzon, biroq mustahkam avtomobillar “Ford” kabi ommalashib ketdi. Imkoni boricha soddalashtirilgan, eng arzon va sodda avtomobillarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv kompaniyaga ulkan zafarlar olib kelgan holda, butun jahonda o‘zining yetakchi o‘rniga ega bo‘lib boraverdi.
Korxona xodimi – qahramon!
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni mamlakatimizning oliy darajadagi mukofoti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona xizmatlari uchun beriladi. O‘tgan yillar mobaynida o‘nlab yurtdoshlarimiz ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi. Ular o‘z kasbining tom ma’nodagi ustasi va katta ibrat maktabi yaratgan insonlardir.
2011-yili “GM O‘zbekiston” korxonasi bosh texnologi Hasanboy Qosimov mustaqillik yillarida o‘zbek avtomobilsozlik maktabini rivojlantirish yo‘lidagi samarali va fidokorona xizmatlari uchun “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘ldi. Tajribali muhandisning “Nexia”, “Damas”, “Matiz”, “Lacetti”, “Spark” kabi o‘zbek avtomobillarini yaratishga doir o‘nlab ratsionalizatorlik takliflari amaliyotga tatbiq etilgan.
– Bugun yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar dunyo kezmoqda, jahon bozorida yetakchi o‘rinlarni egallamoqda, – deydi O‘zbekiston Qahramoni Hasanboy Qosimov OAV bergan intervyularidan birida. – Quvonarlisi, istiqlol yillarida mamlakatimizda mazkur zamonaviy tarmoq sir-asrorini puxta biladigan yangi avlod mutaxassislari shakllandi. Hozir korxonamiz mutaxassislarining 80 foizi yoshlardir.
 
Kafolatlangan sifat ko‘rsatkichlari
Avtozavod o‘z faoliyatini boshlagandan buyon bir qator xalqaro sifat sertifikatlari va turli mukofotlarga sazovor bo‘lib kelmoqda. 1999-2003-yillarda ISO 9001:1994, ISO 9001:2000 kabi xalqaro sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ldi.  2004-yil iyunda sanoat innovatsiya va yuksak texnologiyalar, yetakchilik va sifat ko‘rsatkichlari uchun “International Quality Summit — New York” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Bunday yutuqlarni sanab tugatolmaymiz desam, mubolag‘a bo‘lmasa kerak.
Ishlab chiqaruvchi avtomobil egasiga, uning tomonidan sotib olingan avtomobil sifatiga oid qat'iy talablarga muvofiq ishlab chiqarilgan va tekshiruvdan o’tganligini kafolatlaydi. Shuning uchun kafolat davrida avtomobilning nosozligi yuzaga kelsa ma’lum shartlar asosida barchasi bartaraf etilishi kafolatlangan.
Shuningdek, «Era Glonass» tizimini joriy qilish yuzasidan amaliy ishlar olib borilyapti. Dunyo bozoriga chiqarilayotgan avtomobillar ushbu tizim bilan jihozlanishi ko‘zda tutilgan. Mazkur tizim avtohalokat sodir bo‘lganda, tegishli qutqaruv xizmatlarini zudlik bilan ogohlantirish vazifasini bajaradi.
Yangidan-yangi muvaffaqiyatlari sari olg‘a
            1992 yili mazkur zavodni qurish harakati boshlanganda, yurtboshimiz Xudo xohlasa, 3 yildan keyin mana shu korxonada o‘zimizning avtomobillarimiz chiqa boshlaydi, deganida, yashirishning hojati yo‘q, ko‘pchilik ishonmagan edi. Vaqtlar o‘tib Prezident I.A.Karimov qarori naqadar muhim va ahamiyatli bo‘lgani o‘z tasdig‘ini topdi. Atrofga boqing, bugun o‘zingiz guvoh bo‘lib turibsiz, bir-biridan go‘zal mashinalar xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish barobarida, shahar-qishloqlarimizning fayziga fayz qo‘shib, muhtasham qiyofa kasb etmoqda.
Darvoqe, yana bir muhim jihat, avtomobilsozlarimiz ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalasida ham ibratli ishlarni amalga oshirmoqda. Maktabgacha tarbiya muassasalari, o‘quv dargohlari, mehribonlik uylariga moddiy yordam ko‘rsatilib kelinyapti. Mamlakatimiz rahbarining savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak degan da’vatlaridan ruhlangan yurtdoshlarimiz bunday hayrli ishlarni har qachongidanda ko‘ra jadalroq olib borishmoqda.
            Ona shahrim Asakani kezib yurarkanman, ishdan qaytayotgan avtomobilsozlarga ko‘zim tushadi. Ular o‘zlari uchun ajratilgan, manzillari tomon eltuvchi maxsus transport vositalari tomon harakatlanar ekanlar ko‘zlaridagi quvonch, samimiy shukronalik xissini payqash qiyin emas. Ish kuni yakunida ularga qarab charchoq alomatlarini topolmaysiz, gurunglashib kelayotgan davralar suhbati qizg‘in pallada ertangi rejalar, qilingan xulosalar muhokama etiladi. Vatanimizdagi tinchlik, barqaror iqtisodiy rivojlanish, yurt obodligi va qolaversa oilasi farovonligi uchun ter to‘kayotgan azamatlarga beihtiyor hormanglar degingiz keladi.
            Yuqori texnologiyalarga asoslangan Asaka avozavodi singari korxonalarimiz bor ekan – iqtisodiy tayanchimiz mustahkam, yurtimiz yuqori ko‘rsatkichlar bilan rivojlanaveradi. Prezidentimiz aytib o‘tganlaridek, bizning bebaho boyligimiz bu, shubhasiz, mehnatkash xalqimizdir. Kelajakdan ko‘ngli to‘q, umidlari katta hamyurtlarimizga yangidan-yangi muvaffaqiyatlar sari olg‘a borishlarida Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin.
Boburmirzo XOJIAKBAROV
Andijon qishloq xo‘jalik instituti talabasi
 

Tafakkur sinovlari

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Andijon viliyatida joylashgan barcha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida  “Tafakkur sinovlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda Andijon davlat universitetining “Istiqlol farzandlari”,
Andijon tibbiyot institutining “Avitsena”,
Andijon mashinasozlik institutining “Intelekt”,
Andijon qishloq xo‘jaligi institutining “Temuriylar”,
Toshkent davlat stamotalogiya instituti Andijon filialining “Yangi avlod” jamoalari bellashdi.
 

Keksalarimiz e’zozda

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Kuni kecha, Andijon qishloq xo‘jalik instituti “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti faollaridan tarkib topgan bir guruh talabalar “Keksalarni e’zoz yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Keksalarimiz e’zozda” nomli loyiha doirasida Andijon tumani Hakan QFY, Bo‘riboy MFYda bo‘ldilar.
Mahalla nuroniysi Xolmatov Mamazoir ota xonadonida uy ro‘zg‘or ishlarida ko‘maklashib, tomorqa maydonlarini obodonlashtirishda ishtirok etdilar. Qolaversa, mamlakatimizdagi bebaho tinchlik ne’mati, barqaror rivojlanish va fuqarolarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hususida mazmunli suhbat qurdilar.

Internet xavfsizligi va internet madaniyati: muammo va yechimlar

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
2015 yil 10 iyun kuni O‘zLiDeP Andijon viloyati Kengashi “Yoshlar bilan ishlash bo‘limi” tomonidan Andijon davlat katta majlislar zalida “Xavfsiz internet” partiyaviy loyihasi doirasida “Internet xavfsizligi va internet madaniyati: muammo va yechimlar” mavzusidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha yoshlar forumi o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi vakillari, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari, Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, Xalq ta’limi boshqarmasi vakillari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha mutaxsassislar, Respublika Ma’naviyat targ‘iboti markazi Andijon viloyat bo‘limi mutasaddilari hamda, partiya “Yoshlar qanoti” faollari, talaba-yoshlar hamda OAV vakillaridan iborat jami 320 nafar qatnashchilar ishtirok etdilar.

«Og‘alar» mintaqada peshqadam

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mamlakatimiz ijtimoiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan yaqindan tanishtirish, iste’dodli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyati va o‘z iste’dodlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida 2015 yil 11 iyun kuni O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, Yoshlar madaniyat va san’at markazi va “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi qo‘shma qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik tanlovining mintaqaviy saralash bosqichi o‘tkazildi.

“Og‘alar”dan yillik hisobot shousi

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
Kuni kecha, “Kamolot” YoIH Andijon qishloq xo‘jalik instituti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan viloyatimiz yoshlariga o‘z chiqishlari bilan manzur bo‘lib kelayotgan “Og‘alar” QVZ jamoasining yillik hisobot konsert dasturi tashkil etildi.
Yoshlarga oid qonun va qarorlar ijrosini ta’minlash, ularning ma’naviy salohiyatlarini oshirish, iqtidorli hamda iste’dodlilarini qo‘llab-quvvatlash, milliy qadriyatlarimizni tarannum etish va yod g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan QVZ-shousida yurtimizda yoshlar uchun ilm-fan va ijod sohalarida yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, o‘z o‘rnida bu boradagi mas’uliyatlari ulkan ekanligi e’tirof etildi. Qayd etish joiz bu kabi tadbirlar tengdoshlarimiz bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli tashkil etishlarida ahamiyatlidir.

Хонобод таровати

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
2015 йил 3 май куни Хонобод шаҳрида “Хонобод таровати” анъанавий ёшлар фестивали ўтказилди. Вилоятимизнинг барча туман ва шаҳарларидан келган меҳмонлар, шунингдек олийгоҳимизнинг ўттиз беш нафар иқтидорли талабалари ажойиб тантаналарнинг гувоҳи бўлдилар.
Бизга бириктирилган автобус етиб келиши билан институтимиз жамоаси йўлга отланди. Равон йўллар бизни манзил томон элтди. Мақсадни аниқ қўйиб, мустаҳкам ирода билан талпинсангиз тақдир ва омад кулиб боқиши тайин. Зеро, биз бунга қодир – буюк юрт фарзандларимиз!
Шаҳарга кириб борарканмиз кўп қаватли бинолар, чиройли табиат манзаралари йўлимизга пешвоз чиққанди, назаримизда. Мана биз интиқиб кутган фурсатлар келди, ёшлар фестивалига старт берилди.
Фестивални очилишида Президентимиз Ислом Каримов ташаббуси билан халқимиз маънавияти ва турмуш даражасини юксалтириш борасида амалга оширилаётган кенг кўламли ишлар, ўтказилаётган турли тадбирлар юртдошларимиз кайфияти ва руҳиятини кўтариш, одамлар қалбида эртанги кунга ишонч туйғуларини мустаҳкамлашга хизмат қилаётгани таъкидланди.
Анжуманда вилоят ҳокими Ш.Абдураҳмонов иштирок этди. Очилиш маросимида сўзга чиққан Хонобод шаҳар ҳокими Ш.Алимов барча қатнашчи ва меҳмонларни қутлаб, фестивал шаҳар ҳаётидаги унутилмас кунлар қаторида ўтаётганлигини таъкидлаб ўтди. Май ойининг, аниқроғи ёзги маҳаллий сайёҳлик мавсуми бошланиши Хонободда катта тантана, ўзгача шукуҳ билан қарши олинади. Қирқ йилдан ортиқ муддат илгари, айнан 3 май куни элимизда “Ўзбекистон Швейцарияси” номи билан донг таратган бу сўлим ҳудудда янги шаҳарга асос солинган. Кулгу устаси, бетакрор саньат соҳиби Сойиб Хўжаевнинг таваллуд айёмининг 105 йиллиги алоҳида эҳтиром билан эсга олинди.
Фестивал доирасида ташкил этилган кураш, миллий ўйинлар мусобақалари, ошпазлар танлови, дорбозлар гуруҳларининг чиқишлари барчада катта таассурот қолдирди.
– Халқимизнинг тинч-осойишта, фаровон ҳаётини мазмунан янада бойитишда бундай фестивалларнинг аҳамияти катта, – дейди «Камолот” ЁИҲ институтимиз етакчиси Орифжон Абдуллаев. – Мана шундай байрамда юртдошларимизга хушнудлик бахш этаётганимиздан беҳад мамнунмиз.
Алишер Навоий номидаги маданият ва истироҳат боғида Ўзбекистон халқ артисти Сойиб Хўжаев хотирасига бағишлаб ўтказилган аскиячи-қизиқчилар кўрик-танлови фестивалга янада кўтаринки руҳ бағишлади.
»Ёшлар маркази«да ўтказилган „Қувноқлар ва зукколар“ танловида вилоятдаги олий ўқув юртлари иқтидорли талабаларидан иборат жамоалар куч синашди. Беллашувда институтимизнинг “Оғалар” жамоаси йигитлари кўнгилочар пародиялари, қувноқ ҳазиллари, Ватанни, ёшликни мадҳ этувчи қ жамоавий қўшиқлари билан тадбирга кўтринки кайфият бағишладилар ва ташкилотчилар томонидан махсус диплом ва эсдалик совғалар билан тақдирландилар.
Тушлик вақтида Андижон вилоятидаги барча олий таьлим муассасаларининг талабалари устоз-мураббийлари билан бирга туманнинг файзли дам олиш масканларидан бири “Фозилмон ота” сайилгоҳида бўлдик. Тенгдошларимиз қалби қайноқ эканлиги, кўзларини ёниб туриши ва улардаги беқиёс шижоатнинг мавжудлиги кўпчиликни тўлқинлантирди.
Сайилгоҳдаги тадбирни АҚХИ “Маьнавият ва маьрифат” маркази раҳбари М.Ботиров очиб берди. Устозимизнинг нутқи кўпчиликнинг юрагига кириб борди, диёримиздаги тинчлик, ёшларга яратилган эътибор юзасидан билдирилган фикрлар ҳар биримизни мулоҳаза қилишга мажбур қилди десак, муболаға бўлмайди. Аслини олганда сайилгоҳда концерт дастури режалаштирилмаган эди, бироқ устозимиз М.Ботиров ташаббуслари билан сайилгоҳ янада жонланди. Даврага юқори кайфият, унутилмас руҳ бағишланди. Иқтидорли талабаларимизнинг чиқишлари йиғилганларда катта таассуротлар қолдирди.
Фестивал таниқли санъаткорлар, эстрада хонандалари, бадиий жамоаларнинг катта концерт дастури билан якунланди.
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати
Хонобод таровати

Бобурмирзо Хожиакбаров
АҚХИ “Камолот” ЁИҲ
БТ Матбуот йўналиши сардори

Inson qadri aziz, xotirasi – muqaddas

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан
2015 yil 1 may kuni, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon qishloq xo‘jalik instituti boshlang‘ich tashkiloti yillik ish rejasida ko‘zda tutilgan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson qadri aziz, xotirasi – muqaddas” loyihasi doirasida oliygohimizning iqtidorli talabalari va bir guruh faollari Paxtaobod tumani “Nurdiyorobod” MFYda bo‘ldilar.
лавха